Qashqadaryodagi YTHda Labo haydovchisi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Labo va Nexia-3 mashinalari o‘zaro to‘qnashishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi.  Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 10 iyul kuni sodir bo‘lgan. Labo haydovchisi yon ko‘chadan chiqqan Lacetti’ga urilishdan qochib, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqdan oshib o‘tib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina bilan to‘qnashgan.

Og‘ir tan jarohatlari olgan Labo haydovchisi shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

“Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 24 yoshli Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Labo Nexia-3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing