Qashqadaryodagi uyda gaz portladi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi xonadonda gaz portladi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, voqea  kecha, 24 aprel kuni soat 21:49 larda Kitob tumani “Guliston” mahallasida joylashgan 4 qavatli uyning 13-xonadonida  yuz bergan.

Buning oqibatida fuqaro A.E. yengil tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Portlash sababli uyning deraza va eshik romlari joyidan qo‘zg‘algan.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB hamda prokuratura mas’ullari chiqqan.

Holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo gaz portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing