Qashqadaryodagi shifoxonada ikki kishi pichoqlandi
3-sahifa
−
19 iyul 2022
20929Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi tibbiyot birlashmasida bir guruh shaxslar qo‘lida pichoq bilan katta janjal uyushtirgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 18 iyul kuni soat taxminan 12:00 da Kitob tumani Samarqand mahallasi xududida yashovchi aholi o‘rtasida shaxsiy adovat zamirida janjal yuzaga kelgan. Oqibatda fuqarolar T.O. va P.I. tan jarohati olib, Kitob tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Shu kuni soat taxminan 15:30 da shifoxona hovlisida jabrlangan fuqarolarning qarindoshlari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. O‘zaro janjal jarayonida fuqaro P.B. avtomobilida bo‘lgan pichoq bilan fuqarolar Q.I. va O.A.ga tan jarohati yetkazgan.
Xozirda mazkur holat yuzasida Kitob tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolar P.B., P.A., P.B., A.A., aka-uka R.F. hamda R.F. va R.B. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga asosan protsessual tartibda ushlangan.