Qashqadaryodagi ommaviy tartibsizliklar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
18 yanvar 2020
13343Joriy yilning 11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Mustaqillik” ko‘chasidagi ommaviy tartibsizliklar yuz bergan edi. Ushbu hodisa yuzasidan IIV YHXBB rasmiy ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan “2020 yil 11 yanvar kuni Sh.Nurimov va boshqalarning harakatlarida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish va faol qatnashish, g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuxmat qilish kabi ijtimoiy xavfli qilmishlar alomatlari mavjudligi sababli mazkur holat yuzasidan” joriy yilning 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139-moddasi 3 qismi “g” bandi va 277-moddasi 2 qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX katta inspektori, katta serjant N. Yarmatovga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytib o‘tilgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi