Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchiga qo‘l ko‘tardi (video)
3-sahifa
−
20 fevral
10934Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 8 fevral kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan umumta’lim maktabida 8-sinf o‘quvchilari ingliz tili fani darsi vaqtida o‘quvchilar B.N. va E.S. o‘zaro tortishib turli so‘zlar bilan bir-birini haqorat qilgan. O‘qituvchi E.F. darsdan chiqib ketishini aytgan, biroq o‘quvchi o‘qituvchining talabiga bo‘ysunmasdan unga nisbatan noo‘rin so‘zlar ishlatgan.
“Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli tartibda o‘rganish olib borildi hamda pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, maktab tartib-qoidalarini buzgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik)ga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda o‘quvchining boshiga urgan o‘qituvchi jazolangandi. O‘qituvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 33-moddasi (Yengilroq ma’muriy jazo chorasining qo‘llanilishi) qo‘llanilib, jarima jazosi belgilangan.
LiveBarchasi