Qashqadaryodagi “zapravka”da 9 tonnali sisternalar yondi. Jabrlanganlar bor  

3-sahifa

image

Kecha, 10 mart kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida 2 ta 9 tonnali sig‘im yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kasbi tumani “Do‘stlik” MFY hududida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida 2 ta 9 tonnali sig‘im yongan. Voqea joyiga qutqaruv xizmatida 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat taxminan 22:04 da yetib borib, soat 22:33 da yong‘inni to‘liq o‘chirgan.  

Yong‘in oqibatida 2 nafar fuqarolar kuyish tan jarohatini olgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.

“Xayriyatki, halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing