Qashqadaryoda “zamhokim” va XTB boshlig‘i o‘quvchilarga suratga tushish uchun sovg‘a bergani aytilmoqda
Jamiyat
−
06 dekabr 2021
11226Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev va Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Karimov suratga tushish uchun sovg‘a berib, keyin qaytarib olgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat XTB Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash tadbiri o‘tkazilgan.
Boshqarma tadbirda o‘quvchilarga tantanali ravishda topshirilgan musiqa asboblari Nizom talablari asosida berilganini ta’kidlagan.
Qayd etilishicha, topshirilgan musiqa asboblari o‘rnatilgan qonuniy tartib asosida maktab balansiga kirim qilingan bo‘lib, undan barcha umumta’lim maktab o‘quvchilari foydalanib kelmoqda.
“Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev va Xalq ta’limi boshqarma boshlig‘i To‘lqin Karimov suratga tushish uchun musiqa asboblari yoki sovg‘alarni berib so‘ngra uni qaytarib olgan mazmunidagi murojaat haqiqatga yaqin emasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi XTB xabarida.