Qashqadaryoda yo‘l harakati qoidalarini 105 marta buzgan Gentra xatlandi
3-sahifa
−
20 iyul
6161Qashqadaryo viloyatida 105 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan va ma’muriy jarimalarni to‘lamagan shaxsning Gentra mashinasi xatlovga olindi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byurosi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs yo‘l harakati qoidalarini buzgani va ma’muriy jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun uning Gentra mashinasiga qidiruv e’lon qilingan. Kecha, 19 iyul kuni MIB xodimlari qarzdorning yashash xonadoniga majburiy ijro harakatlarini olib borish uchun borgan va bunga javoban qarzdor va uning yaqin qarindoshlari uyda bo‘la turib darvozani ochmagan. Ijro harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan.
Salkam besh soat davom etgan ijro harakatlari natijasida tegishli tashkilotlar ishtirokida qoidalarni buzgan Gentra qarzdorning uyida ekani aniqlangan va xatlangan.
“Qarzdorga ma’muriy jarimalarni to‘lash uchun 10 kun muhlat berilgan. Qarzlar to‘lanmasa mashina auksionga chiqarilishi haqida ogohlantirilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Toshkent shahrida Majburiy ijro byurosi xodimlari jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorning Tesla'sini va jami 462 mln so‘mlik jarimalar va alimentdan qarzini to‘lamagan fuqaroning Kia K5 rusumli avtotransport vositasini xatlagandi.