Qashqadaryoda yana maktab o‘quvchisi unashtirilgani rostmi? (video)

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda maktab o‘quvchisining unashtiruv marosimi o‘tkazilmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Mazkur holatga Bolalar ombudsmani o‘z munosabatini bildirdi.

Aniqlanishicha, ushbu unashtiruv marosimi Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Tuxmor qishlog‘ida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan (voyaga yetgan) B.G. ga tegishli bo‘lib, qizning o‘zi tushuntirish berishicha, marosim uning xohishiga zid bo‘lmagan holda o‘tkazilgan.

"Shu bilan birga, Bolalar ombudsmani respublikamizning mazkur hududida qizlarni erta turmushga uzatish urf-odati hali ham saqlanib qolayotganiga urg‘u berib, qizlarning maktabdan keyin ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni yanada manzilli ravishda kengaytirishga alohida e’tibor qaratilishi va bu borada mutasaddilar tizimli choralar ko‘rib borishi zarurligini ta’kidlaydi", deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan qizning to‘yini to‘xtatgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing