Qashqadaryoda voyaga yetmagan opa-singillar koronavirusdan butunlay sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 24 aprel kuni Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan navbatdagi 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlar Chiroqchi tumanida yashovchi opa-singillar bo‘lib, kattasi 16 yoshda bo‘lsa, kichigi 11 yoshda. Ular koronavirus infeksiyasiga chalingan ukasi bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 4 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 563 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus aniqlanganlar soni 1778 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 7 nafari vafot etgan.  

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing