Qashqadaryoda o‘quvchilarning kaltaklanishiga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi

3-sahifa

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 80-maktabda direktor bolalarning boshini bir-biriga urishtirib, kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi. 

Unga ko‘ra, holat joriy yilning 13 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori T.A. 7-sinf o‘quvchilari A.Q. hamda E.T. sinf partasini sindirib, shovqin solgani tufayli ularni shu tarzda “tarbiyalash”ni lozim topgan.

“Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan qizning to‘yini to‘xtatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

direktor munosabat Bolalar ombudsmani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing