Qashqadaryoda o‘quvchi qiz o‘zini osib qo‘ydi
Jamiyat
−
19 may 2021
16393Bugun,19 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida maktabda o‘quvchi qiz o‘zini osib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 23-maktabning 11- sinf o‘quvchisi M.A (qiz bola) kecha, 18 may kuni erta tongda o‘zini osib qo‘ygan.
Qayd etilishicha, u maktabda a’lo baholarga o‘qigan va tirishqoqligi hamda bilimga chanqoq o‘quvchi sifatida o‘z o‘rniga ega o‘quvchi bo‘lgan.
“Holat yuzasidan xuquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli tartibda tez fursatlarda munosabat berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi boshqarma xabarida.
LiveBarchasi