Qashqadaryoda o‘qituvchilarni maktab remontiga jalb qilgan direktor jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida maktab direktori o‘qituvchilarni majburiy ta’mirlash ishlariga jalb qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan. Unga ko‘ra, Koson tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan o‘qituvchi va ishchi xodimlar ta’mirlash ishlariga jalb qilingani aniqlangan.

Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 2-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining (330 ming so‘m) 100 baravari, ya’ni 33 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 28-maktab o‘qituvchilari direktor tomonidan majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabi rahbari o‘qituvchilarni ta’til vaqtida majburiy mehnatga jalb qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo direktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing