Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘quvchini urib, burnini qonatdi
3-sahifa
−
09 Oktabr
8522Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 33-maktab o‘quvchisi kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, bugun, 9 oktyabr kuni Shahrisabz tuman 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabida soat 10:30 lar atrofida maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi U.S.(ayol kishi) 5-"b" sinf o‘quvchisi M.P.ga maktabdagi "boshqa o‘quvchilarga hurmatsizlik qilma" deb ta’kidlagandan so‘ng, o‘quvchi ingliz tili o‘qituvchisini haqoratlashga uringan.
“Shundan so‘ng, maktab o‘qituvchisi U.S. o‘quvchi M.P.ni ma’naviyat xonasiga olib borishga uringanda qo‘li bexosdan o‘quvchi burniga tegib ketganligi oqibatida burun sohasidan qon kelishi holati yuzaga kelgan. Shundan so‘ng, o‘quvchi M.P. onasini mazkur ta’lim tashkilotiga olib kelgan va o‘qituvchi U.S. hamda M. P.ning onasi o‘rtasida janjal sodir etilgan”, deb izoh berdi maktab ma’muriyati.
Holat yuzasidan maktab direktori tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan. Hozirda o‘qituvchi U.S. murojaati Shahrisabz tuman IIB mas’ullari ishtirokida atroflicha o‘rganilmoqda.
Mazkur holatni Bolalar ombudsmani ham o‘rganmoqda.
“Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, joriy yilning 9-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi 5-sinf o‘quvchisi (2013-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) M.P.ning sinfdoshlariga go‘yoki noo‘rin gaplarini aytganini eshitib, bolaning yuziga urgan. Voyaga yetmagan M.P. tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, unda quloq, burun va yuz sohasida jarohat aniqlangan”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
06 noyabr