Qashqadaryoda tibbiyot xodimlariga majburan o‘t yuldirildi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari majburan o‘t yulishga olib chiqildi. O‘zbekiston Mehnat vazirligi holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

O‘rganish davomida Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining ishchi va xodimlari birlashmaning hovlisidagi yer maydonida gullar orasidagi begona o‘tlarni tozalash, ya’ni obodonlashtirish ishlariga majburiy tarzda jalb etilgani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi xo‘jalik ishlari mudiri O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan ba’zaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing