Qashqadaryoda “tanka”si orqali o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Qarshi tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda X.N. ismli shaxs fuqaro G.Q.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Iqtisodiyot va pedagogika universiteti” nodavlat oliy ta’lim muassasasining 3-bosqichidan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 ming 200 dollar olgan vaqtida ushlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi davlat universitetining yuriskonsulti o‘qishni ko‘chirib berish evaziga 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing