Qashqadaryoda tabiatga 1,3 mlrd so‘mlik zarar yotkazganlar ushlandi

3-sahifa

image
Qashqadaryo viloyatida noruda hisoblangan qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 1,3 milliarddan ko‘p zarar yetkazganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.N. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Qamashi tumanidagi Qashqadaryo” daryosining “Qo‘shkapa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida 26 614,4 metr kub noruda hisoblangan qum xomashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 665,5 million so‘mlik zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shuningdek, departamentning Chiroqchi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.O.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari “Chiyalinskoe (1973)” konining belgilangan chegarasidan tashqarida 15 338,8 metr kub noruda hisoblangan qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 400,2 million so‘mlik zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Viloyatning Mirishkor tumanidagi tekshiruvda qayd etilgan holatda esa fuqaro M.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “H.F.” MCHJning “Chandir” MFY hududidagi yer maydonida 9 755,7 metr kub qum xomashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 253,5 million so‘mlik zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Bildirilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish oqibatida tabiatga salkam 300 milliard so‘m zarar yetkazganlar qo‘lga olingandi.

Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Qashqadaryo qum-shag'al aralashmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing