Qum-shag‘al qaziganlar tabiatga qariyb 300 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish oqibatida tabiatga salkam 300 milliard so‘m zarar yetkazganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Samarqand viloyatining Toyloq tumanidan oqib o‘tuvchi moratoriy joriy qilingan “Zarafshon” daryosining o‘zan qismidan bir guruh fuqarolar tomonidan tungi soat 01:30 atrofida davlat raqamisiz WOLVO rusumli ekskavator yordamida qum-shag‘al aralashmasi “Kamaz”, HOWO rusumli yuk avtomashinalariga yuklanayotganligi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 295 milliard 238 million 402 ming 640 so‘m zarar yetkazilgan. Hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi faoliyati o‘rganilib, ekologik qonunbuzarlik holatlari aniqlangani oqibatida 11 milliard so‘mga yaqin qo‘shimcha kompensatsiya belgilangan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand Ekologiya Qum-shag'al

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing