Qashqadaryoda suvdan noqonuniy foydalangan fuqaro qamaldi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2023 8117 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida uzoq yillar davomida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanib kelgan fuqaroga sud hukmi chiqarildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchi O.A. 2010 yilda fermer xo‘jaligi tashkil etgan. Shundan so‘ng, Tolimarjon-Muborak magistral suv quvuriga noqonuniy ulangan. Undan ekinlarni sug‘orish uchun foydalangan.
Aniqlik kiritilishicha, yetkazilgan zarar miqdori 282,7 million so‘mga baholanmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tumani sudi erkakni Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topgan.
Unga uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va keltirilgan 282,7 million so‘mlik zararni qoplash jazosi tayinlangan.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan echkiemarlarni tutib yegan 61 yoshli erkak jazolangani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr