Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi – DXX

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi Suriyaga ketib, jangarilar safiga qo‘shilish istagidagi fuqaro ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari o‘tkazgan tadbirda ma’lum bo‘lishicha, 1998 y.t. Q.T. 2020-2021 yillar davomida Rossiya Federatsiyasida ishlaganda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi a’zolari ta’siriga tushib qolib, ularni qo‘llab-quvvatlagan.

Jumladan, u Tik-Tok, Likee, Instagram ijtimoiy tarmoqlarida shaxsiy profillar ochib, unga xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan “Abu-Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, “Sodiq Samarqandiy” va boshqalarning “jihod”, “hijrat” hamda “shahid”likka chorlovchi ma’ruzalarini joylashtirib, targ‘ibot ishlarini olib borgan.

Shuningdek, 2021 yilning dekabr oyida RFdan doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan so‘ng, hamqishloqlari orasida ham oqim g‘oyalarini faol targ‘ib qilgan.

Bundan tashqari, Q.T. Suriyadagi jangarilar bilan aloqa o‘rnatib, ularning yo‘l-yo‘riqlari hamda ko‘rsatmalari asosida Rossiya va Turkiya orqali jangarilar safiga borib qo‘shilishini rejalashtirgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Q.T. tomonidan tarqatib kelingan diniy mazmundagi materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish va saqlash taqiqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda Q.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing