Qashqadaryoda soliqchilar qarzga yeb-ichib, restoran egasini qamatgani aytilmoqda
3-sahifa
−
14 Sentabr
9681Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida soliq inspektorlari avvaliga restoranda qarzga yeb-ichib, pulini to‘lamasdan restoran egasini qamatgani haqida xabar tarqaldi. Holatga viloyat soliq boshqarmasi munosabat bildirdi.
Xabarlarda aytilishicha, bir guruh soliq inspektorlari 12 avgust soliqchilar kuni ekanini aytib, restoranda qarzga yeb-ichgan. So‘ng pulini to‘lamasdan u yerni tark etgan. Bir haftadan keyin tadbirkor soliqchilardan yeb-ichgan narsalarining pulini so‘ragan. Bunga javoban inspektorlar restoranga shartta tekshiruv o‘tkazib, uni yopishga uringan. Tadbirkorni o‘zini esa 6 sutkaga qamatgan.
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasiga ko‘ra, hozirda ushbu holat boshqarma boshlig‘i tomonidan nazoratga olingan.
“Xabarda keltirilgan ma’lumotlar o‘rganilayotganini ma’lum qilamiz”, deyiladi boshqarma rasmiy munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukusda inspektor aqli noraso keksaning uyini o‘zlashtirib, xotiniga hadya qilgandi.
LiveBarchasi