Qashqadaryoda soxta JTSB boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Denov qishlog‘ida yashovchi M. Yu. muqaddam firibgarlik va pora berish jinoyatlarini sodir etgani uchun 2 yil 6 oy muddat davomida axloq tuzatish jazosini o‘tagan edi. Ammo u bundan xulosa chiqarmadi va takroran firibgarlik jinoyatiga qo‘l urdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.   

U dastlab o‘ziga hamtovoq qidirdi va o‘zining jinoiy ishlariga viloyatning Chiroqchi tumani Torjilg‘a qishlog‘ida yashovchi tanishi X. A. ni jalb etdi. 

Ular 2020 yilning 29 oktyabr kuni Chiroqchi tumani Uyshun qishlog‘ida yashovchi T.U.ni laqillatishadi. X.A. unga “Sizni viloyat IIB JTSB (Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi) boshlig‘i bilan tanishtirib qo‘yaman, u ishingizni hal qilib beradi” deydi. M.Yu. esa o‘zini go‘yoki viloyat IIB JTSB boshlig‘i deb tanishtiradi va uning Chiroqchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan jabrlanuvchi ekanligini bilgani holda ishonchiga kiradi. Unga tan jarohati yetkazgan aybdor shaxslarga nisbatan qattiqroq jazo chorasi qo‘llanilishini amalga oshirishga va’da qiladi. Buning uchun undan 700 000 so‘m miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.  

Mazkur holat yuzasidan 25 noyabr kuni tezkor tadbir o‘tkaziladi. Unda M.Yu. qo‘lga kiritgan 700 000 so‘m pullarni T.U. ga qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Bu hali hammasi emas edi. M.Yu. va X.A. Chiroqchi tumani Torjilg‘a va Shurquduq qishloqlarida yashovchi S.B.ni jiyani S.A. va S.T.larni ichki ishlar organlariga ishga kirish uchun hujjat tayyorlab yurganidan xabar topadi.

M.Yu. ishga kirmoqchi bo‘lib yurgan nomzodlar S.A. va S.T.ga o‘zini viloyat ichki ishlar boshqarmasi kadrlar boshqarmasida ishlovchi mas’ul shaxs sifatida tanishtiradi. Ularni Ichki ishlar organlari xizmatiga kiritib qo‘yishni, lekin buning uchun Kadrlar boshqarmasi boshlig‘iga pul berishi kerakligini aytadi. Shundagina ularning ishi oson bitib, 2-3 oy ichida xizmat kiyimini kiyib, ishga kirishishlari mumkinligini ma’lum qiladi.

Shundan so‘ng nomzodlardan 2020 yil noyabr oyi davomida ulardan harbiy guvohnomalari va jami 2300 AQSH dollari va 3 800 000 so‘m naqd pullarni Qarshi shahrining turli joylarida firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi va o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Kasbi

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing