Qashqadaryoda psixotrop dorilarni sotayotgan “aptekachi” ushlandi
3-sahifa
−
09 fevral
5043Qashqadaryo viloyatida dorixona sotuvchisi xaridorga hech qanday hujjatsiz kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.F.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi xaridorga hech qanday hujjatsiz 100 dona “Zardeks” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ushlandi. Ushbu dorixonadan yana 60 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasidagi xonadonda yashovchi fuqaroning uyida boshqa bir fuqaro (muqaddam sudlangan) tomonidan “Regapin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan. Voqea joyidan jami 392 dona ushbu turdagi dori ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Uchtepada o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham “Q.Ph.” MCHJga qarashli dorixonaning norasmiy sotuvchisi fuqaroga jami 50 dona “Reduksin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor tavsiyasisiz sotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Olmazor tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlangandi.
LiveBarchasi