Qashqadaryoda prokuror almashdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati rahbariyati hokimi ishdan ketishi kutilatgani haqida xabar bergan edik. Viloyatda boshqa sektor rahbariyatida ham o‘zgarishlar bo‘lishi aytilgandi.

Bugun, 26 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Erkaboy Tojiyev Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Qashqadaryo viloyati prokurori sifatida 2018 yil 16 yanvardan beri Botir Yusupov ishlab kelayotgandi.

Mazkur axborotga aniqlik kiritish uchun Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landik. U bu ma’lumotni hozircha rasman tasdiqlamadi va rasmiy axborot bo‘lsa, m’lum qilishini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, adliya katta maslahatchisi Erkaboy Tojiyev Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori vazifalarida ishlagan. 2017 yilning 14 noyabrida bosh prokurorning o‘rinbosari etib tayinlangan, 2018 yil 21 fevralida birinchi o‘rinbosarlikka ko‘tarilgan edi. U O‘zbekiston prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi farmoniga ko‘ra “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tayinlov Prokuratura

Baholaganlar

394

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing