Qashqadaryoda otasini tajovuzda ayblagan o‘smir qizlarning murojaati o‘rganildi  

3-sahifa

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan qiz onasi vafot etganidan so‘ng singlisi otasi tomonidan zulmga uchrayotgani haqida ma’lum qilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z munosabatini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyati, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Qashqadaryo viloyati IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan M.Sh. va N.Sh. (qiz bolalar)larga nisbatan sodir etilganligi bildirilgan jismoniy va ruhiy tazyiq holatlari atroflicha o‘rganilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 25 mart kunidan boshlab, M.Sh. va N.Sh.lar ijtimoiy-huquqiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lganligi sababli Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlab kelingan.

"Ishchi guruh tomonidan qizlarning kelgusida qaysi qarindoshi bilan yashashni istashi bo‘yicha fikrlari o‘rganildi. Jumadan, M.Sh. va N.Sh. bilan suhbat jarayonida ular otasi R.N. bilan yashashni mutlaqo istamasligini bildirgan. Qizlarga ko‘ra, otasi R.N. ularni maktabga yuborishni istamay, ta’limga to‘sqinlik qilishi, turli qattiq jismlar bilan urib kelganligi, zaruratsiz og‘ir mehnatga majburlashi (ro‘zg‘orda kir yuvish mashinasi bo‘lsa-da, barcha kirlarni faqat qo‘lda yuvishga majburlashi) ni aytgan", deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, qizlarning aytishicha, buvisi L.N. ham ularga turli tazyiq o‘tkazgan bo‘lib, agar aytganini qilmasa, otasiga urdirtirish bilan tahdid qilib kelgan.

M.Sh. va N.Sh.lar vafot etgan onasining opa-singillari bo‘lgan 2 nafar xolasi ularni yaxshi ko‘rishini aytib, kelgusida ulardan biri bilan yashashga istak bildirgan.

“Hozirda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh. larning eng ustun manfaatlarini ta’minlash uchun va ijtimoiy vaziyatini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida ularning Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanish muddati tegishlicha uzaytirildi”, deyiladi munosabatda.

Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish sharoitini ta’minlay olishi har tomonlama o‘rganilmoqda. Shuningdek qizlarga bo‘lgan nomaqbul munosabatga huquqiy baho berish masalasi huquqni muhofaza qilish organlariga o‘rganish uchun kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo IIB tajovuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing