Qashqadaryoda Milliy gvardiyaga ishga joylamoqchi bo‘lgan “uddaburon” qo‘lga olindi
3-sahifa
−
18 Sentabr 2023
4707Qashqadaryoda 7 ming AQSH dollari evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga Qarshi shahridagi ta’lim muassasalarining birida ombor mudiri bo‘lib ishlovchi 41 yoshli X.M. o‘zining “yuqoridagi” tanishlari orqali fuqaro T.B.ning o‘g‘lini 7 ming AQSH dollari evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da bergani haqida ma’lumot kelib tushgan.
Joriy yilning 15 sentyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.M. oldindan kelishilgan pulning 5000 AQSH dollarini fuqaro B.T.dan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
“Mazkur holat yuzasidan boshqarma tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik) va 28-moddasi (Jinoyatda sheriklikning turlari) va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tanishining o‘g‘lini 1500 AQSH dollari evaziga Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Imomova Mashhura
LiveBarchasi