Qashqadaryoda mahalla raisi ayolni o‘lasi qilib kaltakladi (video)
3-sahifa
−
22 mart
20322Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi mahallalardan birining raisi ayol kishini kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tumani hokimligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 mart kuni Ko‘kdala tumanidagi “Zum” mahallasi raisi o‘zining yaqin qarindoshi bo‘lgan O.B.ning xonadonida bo‘lib turgan vaqtida, o‘rtada kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik tufayli jabrlanuvchi O.B.ga qo‘l ko‘targan.
Bildirilishicha, hozirda gumondor shaxsga nisbatan IIO tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv hamda ekspertiza xulosasiga ko‘ra ushbu holat haqida yana qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova fermerlardan birini keskin haqoratlab, qo‘l oyog‘ini bog‘latib Ichki ishlar xodimlariga topshirib yuborgandi. Keyinroq, O‘rolova holat bo‘yicha tushuntirish berib, yuzaga kelgan vaziyatdan pushaymonligini aytgan.