Qashqadaryoda Labo va “Gelik” to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
09 oktabr 2024 15389 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Labo va Mersedes-Benz to‘qnashib ketishi oqibatida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 14:20 larda G‘uzor tumani “Qoratikan” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-79 Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz avtomobil yo‘lining 25-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi B.T. boshqaruvida bo‘lgan Mersedes-Benz rusumli avtomobilini Chim-Qarshi yo‘nalishida boshqarib kelayotganda haydovchi Q.S. boshqaruvidagi qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Labo rusumli avtomobil bilan urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda Labo rusumli transport vositasi ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yuk mashinasi va “Jiguli” to‘qnashishi oqibatida haydovchi halok bo‘lgan edi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr