Qashqadaryoda ko‘prik qulab tushdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 fevral Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Muborak - Pomuq – Alang - Nishon”‎ avtomobil yo‘lining 17 kmda, 1982 yilda (zovur ustida) qurilgan, uzunligi 12 pm bo‘lgan ko‘prikning qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Muborak tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining muntazam harakatlanishi oqibatida ko‘prik nosoz holatga kelib qolgan.

"Hozirda ko‘prikdan harakatlanish to‘liq cheklangan, axborot beruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilgan va avtotransport harakati uchun vaqtinchalik aylanma yo‘l tashkil qilingan", deyiladi ushbu munosabatda.

Qo‘shimcha qilinishicha, sodir bo‘lgan hodisa tufayli salbiy holat kuzatilmagan. Shuningdek, ko‘prik joriy yilning ikkinchi choragida qayta qurilib, foydalanishga topshiriladi.

"Mazkur ko‘prik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 10 oktyabrdagi qarorining 4-ilovasiga muvofiq, 2024 yilda qayta qurish belgilangan bo‘lib, joriy yil 2-choragida to‘liq qayta qurilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda" deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning bahor oylarida Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi ko‘prik qulab tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo ko'prik Muborak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing