Qashqadaryoda ko‘mir uchun ajratilgan pulni “uxlatgan” shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida ko‘mir ta’minoti uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MCHJ rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Muborak tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.F.” MCHJ rahbari A.E. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan kuz-qish mavsumida aholini ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ajratilgan mablag‘larning 514,8 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo ko'mir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing