Qashqadaryoda ko‘lda cho‘milayotgan “uchastkavoy” g‘oyib bo‘ldi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori Sechanko‘l atrofida bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 30 iyul kuni soat 21:35 larda Mirishkor tumani IIB navbatchilik qismiga profilaktika inspektori J.E. “Pomuq” mahallasida joylashgan Sechanko‘l atrofida bedarak yo‘qolgani haqidagi xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Mirishkor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on suv omborida 4 nafar yosh yigit cho‘kib ketgandi. Bundan tashqari, Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi Qoradaryoda 2 nafar bola ham cho‘kib vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo uchastkavoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing