Qashqadaryoda kuchli sel yo‘llarni vayron qildi

Jamiyat

image

Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlariga sel keldi. Joriy yilning 4 aprel kuni tungi soat ikkilarda yomg‘ir yog‘ib, do‘lga aylangan. Katta do‘l parchalari va jala bir zumda hamma joyni suvga to‘ldirgan.

Odamlarning aytishicha, kuchli jala taxminan 40 daqiqa davom etgan. Agar u uzoqroq davom etganda, yig‘ilgan suvni boshqarishning iloji bo‘lmasligi mumkin edi. Faqatgina yomg‘ir va do‘l hisobiga hovlilar suvga to‘lib, uylarning ichigacha kirib ketgani aytilmoqda. Suvni tortib olishga nasoslar ulgurmagan.

Sel suvi ariqlardan toshib, qishloq yo‘llarini vayron qilgan. Mevali daraxtlar hosilini to‘kib tashlagan.

Eslatib o‘tamiz, Navoiyda hamda sel kelib, avtomobillarni ham oqizib ketgani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo viloyati jala

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing