Nyu-Yorkni suv bosdi (video)
Olam
−
13:12 2809 1 daqiqa
AQSHning Nyu-York shahri kecha, 20 may kuni kuzatilgan kuchli bo‘ron va jala oqibatida suv ostida qoldi, odamlarni suv oqizib ketmoqda. Bu haqda CBS News xabar berdi.
Mahalliy OAVlarga ko‘ra, ayniqsa Brooklyn va Queens hududlarida vaziyat murakkablashgan. Kuchli yog‘ingarchilik sabab ayrim ko‘chalar bir necha daqiqada suv ostida qolgan. Odamlar va avtomobillar suvga to‘lgan yo‘llarda harakatlanishga majbur bo‘lgan.
Queens Village hududidagi Hempstead Avenue ko‘chasida avtobus suv bosgan yo‘ldan zo‘rg‘a harakatlangan. Fresh Meadows hududidagi haydovchilardan biri esa burilishdan keyin mashinasi deyarli suvda qolib ketganini aytgan.
“Men birdan katta suv oqimiga kirib qoldim. Mashinamga nima bo‘lishini ham bilmayman”, degan u.
Forest Park Golf Course yaqinida yashovchilar ko‘chalar bir necha daqiqa ichida suvga to‘lib ketganini bildirgan.
“Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Yana bir necha daqiqa yomg‘ir yog‘sa, vaziyat yanada yomonlashardi”, degan mahalliy aholi vakillaridan biri Christina Molona.
Hozirda hududlarda tozalash ishlari davom etmoqda. Nyu-Jersining ayrim qismlarida esa daraxtlar va elektr uzatish liniyalari qulagani aytilmoqda.
Live
Barchasi