Qashqadaryoda xorijiy kompaniya qimmatbaho daraxtlarni yo‘q qildi
Jamiyat
−
12 yanvar
5694Qashqadaryoda xorijiy kompaniya tomonidan 560 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 2 milliard 824 million 495 ming so‘m zarar yetkazilgan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Boshqarmaga ko‘ra, joriy yilning 9 yanvar kuni Kasbi tumani Nazartepa MFYda yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushgan.
O‘rganishlar davomida, “Indorama Agro” MCHJ xorijiy kompaniyasi tomonidan jami 560 tup har xil navli va turli diametrdagi daraxtlarni tartib-qoidalarga amal qilmasdan ko‘chirilgani oqibatida daraxtlarga zarar yetkazilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar yetkazilgan zararni undirish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
LiveBarchasi