Qashqadaryoda karantin cheklovlari yumshatilyapti

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida koronavirus sabab o‘rnatilgan karantin cheklovlari yukshatilyapti. Viloyatda koronavirus infeksiyasining tarqalishni oldini olish,  pandemiyaning ta’sirini yumshatish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash komissiyasining 2020 yil 25 iyuldagi 293-sonli yig‘ilish bayoni bilan joriy qilingan cheklovlarga 3 avgustdan boshlab bir qator o‘zgarishlar kiritildi.

Jumladan:

•    avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga, shuningdek, Qarshi shahriga kirish-chiqishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 18:00 dan – 21:00 gacha) tegishli hudud doirasida fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi;

•    yo‘nalishsiz taksilar soni bugungi kunga nisbatan 2 barobarga ko‘paytiriladi va butun sutka davomida haratkatlanishiga ruxsat beriladi;

•    bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida santariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish talab etiladi.

Viloyat maxsus komissiyasi qarorida keltirilgan cheklovlar maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ayrim toifadagi avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ya’ni, maxsus ruxsatnoma (stiker), ayrim toifadagi avtotransport vositalari, “yashil yo‘lak” tizimi, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari avtomashinalari va viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqarish, tadbirkorlik hamda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan avtotransport vositalari ro‘yxat asosida harakatlanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Qashqadaryoda 1 avgust soat 10:00 holatiga 711 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 485 nafari sog‘aygan. 4 nafar bemor vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyul kuni Qarshi shahri karantinga yopilib, viloyatda karantin cheklovlari qat’iylashtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo karantin

Baholaganlar

441

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing