Qashqadaryoda kaliy zavodining zararli suvlari soyga oqizildi

Jamiyat

image

Chiqindi suvlarning uchdan ikki qismi ruda changini bosish uchun ishlatilib, bir qismi to‘g‘ridan to‘g‘ri “Tuyashsoy”ga tashlangan. Mazkur holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmasi tomonidan Dehqonobod tumanida joylashgan kaliy zavodi faoliyati o‘rganilganda ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, yer ostida hosil bo‘lgan sizot suvlarini tashqariga chiqarish uchun shaxta loyihasi asosida markaziy nasos stansiyasi qurilgan, loyihada esa suv tozalash inshooti ko‘zda tutilmagani oqibatida chiqindi suvlar to‘g‘ridan to‘g‘ri soyga oqizilgan.

Shuningdek, tekshiruv davomida kon faoliyati uchun ishlab chiqilgan “Ekologik oqibatlar bayonoti” loyiha hujjatida (2018 yil) hosil bo‘lgan shaxta suvlarini maxsus tuz saqlash hovuziga joylashtirish belgilangan bo‘lsa-da, amalda mazkur yerosti sizot suvlari soyga tashlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur suvlarning tarkibi korxonaga tegishli bo‘lgan markaziy laboratoriya tomonidan 2022 yil 17 avgust oyidan boshlab tahlil qilina boshlangan va natijalari qayd etib borilgan. Shuningdek, 2020 yilda o‘tkazilgan tekshirishda ushbu manbadan hosil bo‘lgan sizot suvlarni soyga tashlamaslik bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarga amal qilinmagan.

Yuqoridagi qonun buzilishi holatlaridan kelib chiqib, “Dehqonobod kaliy zavodi”ga 363 million so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovi belgilangan. Tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 18 banddan iborat majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing