Qashqadaryoda qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum yirtqich topildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum yirtqich hayvon Qashqadaryo viloyati aholisining qo‘y-qo‘zilarini bo‘g‘izlab ketayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining xabar berishicha, noma’lum hayvon mahalliy aholi tomonidan urib o‘ldirilgan. 

Qayd etilishicha, o‘rganish davomida Qamashi tuman “Boburtepa” MFY Pastqol qishlog‘idagi qo‘y-qo‘zilari noma’lum hayvon tomonidan bo‘g‘izlab ketilgan xonadon egalari bilan suhbat olib borilgan. Noma’lum hayvon 4 ta xonadonda 6 dona qo‘yga zarar yetkazgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, aholi tomonidan tuni bilan navbatchilik tashkillashtirilib joriy yilning 14 may kuni noma’lum hayvon tutilib o‘ldirilgani aniqlangan. 

Xabarga ko‘ra, ushbu hayvon o‘rganilganda, chiyabo‘ri yirtqichlar turkumiga kiruvchi, itsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon ekani ma’lum bo‘lgan. 

Inspektorlar tomonidan aholiga yana shunday holat qaytarilsa, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat qilish kerakligi tushuntirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Yirtqich

Baholaganlar

1299

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing