Qashqadaryoda qum-shag‘al o‘g‘rilari ushlandi
3-sahifa
−
17 fevral
8014Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro I.Z. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo o‘zanidan “Howo” va “Shantui” rusumli texnikalar yordamida qum-shag‘alni qazib olgan. Ushbu yer maydoni esa davlat zaxirasidagi muhofaza qilinadigan hudud hisoblangan.
Gumonlanuvchi shaxslar daryo bo‘yidan 1,6 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy o‘zlashtirgan. Shu orqali davlat byudjetiga 969 mln so‘m zarar yetkazgan.
Departamentga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan issiqxona egasi 3 mlrd 300 mln so‘mlik gazdan noqonuniy o‘zlashtirib kelgani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi