Qashqadaryoda qo‘lbola qurol yasagan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda soxta qurol yasab, uni sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 25 aprel kuni Qamashi tumanida yashovchi 32 yashar fuqaro qo‘lbola usulda yasagan qurolni sotish maqsadida mijoz bilan kelishib, xaridorga qurol yashirib qo‘yilgan joyni aytgan. Aytilgan manzil tezkor guruh tomonidan ko‘zdan kechirilgach, u yerdan qo‘lbola usulda yasalgan 16 kalibrli o‘qotar qurol va 4 dona patron topilgan. Qurolni yasagan shaxs kelishilgan 19 million so‘m hamda 100 dollar pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, portlovchi moddalarning, qonunga xilof muomalasi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayni paytda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing