Qashqadaryoda qiz tanishi uning nomusiga tegganini aytmoqda
3-sahifa
−
01 avgust 2022
27623Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda qiz bolaning nomusiga tegilgani va aybdorlarga chora ko‘rilmayotgani haqida video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Kitob tumanida yashovchi S.G. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, tanishi O.X. uni ovqatlanishga taklif qilib, dala hovliga olib borib, nomusiga tekkanligini ma’lum qilib, unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan O.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov o‘tkazilmoqda.
Tergov harakatlari ustidan prokuror nazorati o‘rnatilgan.