Qashqadaryoda qidiruvdagi erkak ayollar kiyimida yurganida ushlandi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida qidiruvga berilgan 26 yoshli erkak qo‘lga tushmaslik uchun ayollar kiyimini kiyib yurgan paytida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida yashovchi 26 yoshli R.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan qidiruv e’lon qilingan.

Huquq-tartibot idoralaridan yashirinishga uringan erkak tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib, ayollar kiyimini kiygan.

U patrul-post xizmati xodimlarida shubha uyg‘otgan. Tekshiruv davomida uning shaxsi aniqlanib, qidiruvda ekani ma’lum bo‘lgan. Hozirda u qo‘lga olingan hamda vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida yuzini burqa bilan to‘sib yurgan erkak javobgarlikka tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing