Qashqadaryoda qariyb 600 mln so‘mlik gaz o‘g‘irlagan mehmonxona aniqlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi mehmonxonada gaz tarmog‘iga yashirin yo‘l bilan ulanib 591,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan "A.H." uy mehmonxonasi mas’ul shaxslari o‘rnatilgan gaz hisoblagichdan foydalanmasdan yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 591,4 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made