Qashqadaryoda qariyb 3 mlrd so‘mlik elektr o‘marildi
3-sahifa
−
11:30 392 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida qariyb 3 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan Qamashi tumanida o‘tkazilgan tekshiruvda “A. J.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari elektr tarmog‘iga hisoblagichni chetlab ulanganligi aniqlangan. Oqibatda 2 milliard 272 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, Kasbi tumanida fuqaro Ye. Sh. ga qarashli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik qayd etilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holatda davlat byudjetiga 572 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, Shahrisabz tumanidagi “Sh. I.” MCHJga qarashli korxonada elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish holati aniqlanib, elektr ta’minoti korxonasiga yetkazilgan 113 million so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 11 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlangandi.
Live
Barchasi