Qashqadaryoda qabriston yerlarini pullagan mansabdorlar aniqlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida qabriston hududiga tegishli bo‘lgan yerlarni noqonuniy tartibda sotgan mansabdor shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Koson tumani yer maydonlarini berish (realizasiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya mansabdor shaxslari qonun talablariga zid ravishda, tuman markazida joylashgan “Eshoni Koson” qabristoni hududidan fuqaro va tadbirkorlarga 0,33 gektar yer maydonini noqonuniy ajratib bergan. Ushbu qabristonga tegishli yer maydonida “Kushxona”, “Savdo do‘koni” va “Omborxona” binolari qurilishiga yo‘l qo‘yib, 146 mln so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son qarori qabul qilingandi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo qabriston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing