Qashqadaryoda ish vaqtida shirakayf bo‘lgan hamshiraga “hayfsan” berildi
3-sahifa
−
03 fevral
17313Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida ish vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilgan hamshira hayfsan oldi. Bu haqda viloyat SSB axborot xizmati xabar berdi.
G‘uzor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi sumka butlovchi vazifasida ishlovchi hamshira Ozoda Nurmatova ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilingan murojaatida Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo viloyati filiali ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasiga o‘zi ishlayotgan hamshira Eshquvvatova Nilufarning ustidan bir necha bor shikoyat qilgani, ammo unga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmaganini qayd etgan.
"Aniqlanishicha, Ozoda Nurmatova Nilufar Eshquvvatova va boshqalarning ustidan bir necha bor murojaat qilgan. Mazkur murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, 27 noyabrda G‘uzor TTYO stansiyasida ishlovchi stansiya rahbari Murodilla Jo‘rayev, Nilufar Eshquvvatovaga sustkashlikka yo‘l qo‘ygani hamda Ozoda Nurmatovaning o‘ziga ish vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilgani (bu haqda u o‘z tushuntirish xatida bayon qilgan) sababli “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilgan", deyiladi SSBning xabarida.
Aytilishicha, Ozoda Nurmatova bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan ish vaqtida o‘z ish joyini 2 marotaba ruxsatsiz tashlab ketgani uchun 23 yanvarda unga o‘rtacha ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi berilgan. Shuningdek, bo‘limda ishlaydigan xodimlar o‘rtasida yuzaga kelgan nosog‘lom muhitning oldini olmagani va boshqa bir necha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun bo‘lim boshlig‘i M.Jo‘rayevga ham xuddi shunday jazo qo‘llanilgan.
Ozoda Nurmatova katta hamshira Nilufar Eshquvvatovaga chora ko‘rilishini muntazam ravishda talab qilib kelishiga o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan.