Qashqadaryoda ikki Damas to‘qnashdi

3-sahifa

image

Kecha, 18 mart kuni Qashqadaryo viloyatida ikki Damas to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 12:15 larda Yakkabog‘ tumani “Istiqlol” MFY hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi D-148 “Yakkabog‘-Chiroqchi-Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lining 11-kilometrida harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomashina haydovchisi quvib o‘tish qoidalariga amal qilmasdan qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan boshqa bir Damas rusumli transport vositasining yo‘liga chiqib ketish oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Hodisa oqibatida o‘z yo‘nalishida kelayotgan Damas’ning bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohati sabab tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan Toshkent-Bekobod yo‘lida haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida o‘zi va yana bir yo‘lovchi halok bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing