Qashqadaryoda fermerning ukasi 20 sotix yerga nasha ekdi
3-sahifa
−
28 avgust 17358 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida fermerning ukasi akasining fermer xo‘jaligi 20 sotix yerida giyohvandlik vositalari yetishtirgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida istiqomat qiluvchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z akasining nomida bo‘lgan, paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 20 sotix yer maydonida juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari yetishtirish bilan shug‘ullanayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan. Mazkur yer maydonidan jami 247 tup kannabis o‘simligi va 27 kg 708 gr marixuana ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida internet tarmog‘i orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning faol a’zosi qo‘lga olingandi. Mazkur shaxs Toshkent shahridagi xususiy oliy ta’lim muassasasining 3-kurs talabasi hisoblanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr