Qashqadaryoda “dom” 1 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
28 may 4455 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi ko‘p qavatli turarjoy binolari hisoblagich o‘rnatmasdan tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahrida joylashgan “U. B. T.” MCHJga qarashli ko‘p qavatli turarjoy binolari gaz hisoblagich o‘rnatmasdan tabiiy gaz quvuriga ulanib, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Bildirilishicha, ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 86 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan. Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi 4 mlrd 193 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangandi.