Qashqadaryoda dehqon bozori yonib ketdi
3-sahifa
−
31 avgust 2023 16697 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatidagi bozorlardan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Bugun, 31 avgust kuni soat 03:53 larda Kitob tuman FVBga dehqon bozori hududidagi savdo do‘konlaridan birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘inga jalb qilinib, soat taxminan 03:58 larda yetib borgan, soat taxminan 04:38 larda to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida 3 ta xo‘jalik mollari savdo do‘konlarining 36 metr kvadrat maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.
Qutqaruvchilarning sa’y-harakati natijasida bozorning 2700 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.
Hozirda yong‘in sababi va ko‘rilgan zarar aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr