Andijondagi savdo kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat
−
25 avgust 2023 6898 1 daqiqa
Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 25 avgust kuni Andijon viloyati Baliqchi tumani markazidagi savdo markazida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari va tez-tibbiy yordam mashinalari jalb qilingan.
Hokimlikka ko‘ra, ayni paytda yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
“Hodisa oqibatida kuygan yoki boshqa turdagi jarohat olgan va qurbonlar yo‘q. Hozirda zararni aniqlash va hodisa oqibatida yuzaga kelgan holatlarni bartaraf etish ishlari boshlangan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, bozor hududiga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ham yetib borgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 iyun kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan, xalq tilida "optom bozor" deb ataluvchi bozor hududidagi rastalarda katta yong‘in kelib chiqqan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr